Bosh sahifa · Ijara narxi kalkulyatori
Ikki savolga javob: sizga aytilgan narx bozorga nisbatan qimmatmi, va daromadingizga qaysi tuman, necha xona to‘g‘ri keladi. Raqamlar — o‘tgan haftaning medianalari, oxirgi hisob: 30-oktyabr, 04:53.
— so‘m/oy
Tumanni tanlang va narxni kiriting — farqni foizda ko‘rsatamiz.
Bu kesimda o‘tgan hafta 5 tadan kam e’lon bo‘lgan: mediana ishonchsiz, shuning uchun ko‘rsatilmaydi.
Shubhali arzon: medianadan % past. Bunday narx odatda sutkalik ijara yoki e’tibor tortish uchun qo‘yilgan yem bo‘ladi. Uyni ko‘rmasdan pul o‘tkazmang.
Medianadan % arzon. Yiliga so‘m kam to‘laysiz. Uyning holati va joylashuvini tekshirib ko‘ring.
Bozor narxida. Medianadan farqi % — bu oddiy tebranish.
Medianadan % qimmat. Yiliga so‘m ortiqcha. Yangi ta’mir yoki metro yaqinligi bo‘lmasa, savdolashishga asos bor.
4 500 000 so‘m/oy
Jadvalda 0 ta katak shu byudjetga sig‘adi — ular sariq bilan belgilangan.
| Tuman | 1 xona | 2 xona | 3 xona |
|---|---|---|---|
| Sergeli | 4 130 000 | 5 310 000 | 7 080 000 |
| Bektemir | 3 552 000 | 5 341 000 | 5 964 000 |
| Chilonzor | 5 347 000 | 5 979 000 | 7 773 000 |
| Olmazor | 5 398 000 | 5 984 000 | 7 965 000 |
| Uchtepa | 5 641 000 | 6 490 000 | 7 770 000 |
| Yunusobod | 5 383 000 | 6 842 000 | 9 218 000 |
| Yashnobod | 5 310 000 | 7 080 000 | 7 180 000 |
| Mirzo Ulug'bek | 5 178 000 | 7 179 000 | 11 800 000 |
| Shayxontohur | 5 990 000 | 7 670 000 | 11 800 000 |
| Yakkasaroy | 6 597 000 | 8 371 000 | 11 995 000 |
| Mirobod | 5 384 000 | 9 566 000 | 13 162 000 |
| Yangihayot | — | — | — |
Mediana, so‘m/oy. “—” = o‘tgan haftada bu kesimda 5 tadan kam e’lon bo‘lgan. 30 % — keng tarqalgan qoida: ijara daromadning uchdan biridan oshmasa, qolgan xarajatlarga joy qoladi.
Mediana — e’lonlarni narx bo‘yicha tizganda o‘rtada turgan qiymat. O‘rtacha narxdan farqli ravishda u bitta-ikkita juda qimmat yoki juda arzon e’londan siljimaydi, shuning uchun “odatiy narx”ni aniqroq ko‘rsatadi.
Farq ±10 % ichida bo‘lsa, narx bozor narxi hisoblanadi: bir tumanning o‘zida ta’mir, qavat va metrogacha masofa shuncha tebranish beradi. Medianadan 45 % va undan ko‘proq past narx esa ogohlantirish bilan chiqadi: bunday narx odatda sutkalik ijara yoki e’tibor tortish uchun qo‘yilgan yem bo‘ladi.
Raqamlar qayerdan kelishi va nega ba’zi kataklar bo‘sh ekani — narx metodikasi sahifasida. Ko‘chib kirish kuni qancha pul kerakligini (oldindan to‘lov, depozit, makler haqi) uytopber.uz kalkulyatori hisoblaydi.
Botda tuman, xona va narx oralig‘ini qo‘yasiz — mos, makler belgisi topilmagan e’lon chiqqan zahoti Telegramga keladi.
Telegramda ochish