Bosh sahifa · Savol-javob
Jadvaldagi har bir raqam qayerdan kelgani, mediana nima uchun tanlangani va nega ba’zi katakchalar bo‘sh qolishi — metodika ochiq.
OLX, Joymee, Uybor va BirBir saytlaridagi Toshkent ijara e’lonlaridan. E’lonlar har 5 daqiqada yig‘iladi, bir e’lonning bir necha saytdagi nusxasi birlashtiriladi va jadval o‘sha bazadan hisoblanadi. Hech bir raqam qo‘lda kiritilmaydi.
O’rtachani bitta 40 million so‘mlik penthaus butun tumanni ko‘tarib yuboradi. Mediana — e’lonlarni narx bo‘yicha saf tortkazib, o‘rtadagisini olish. Shu sababli u bozorning haqiqiy o‘rtasini ko‘rsatadi va chetdagi raqamlardan ta’sirlanmaydi.
O’sha hafta o‘sha tuman va xona soni bo‘yicha beshtadan kam e’lon chiqqan bo‘lsa, katakcha bo‘sh qoladi. Uch-to‘rt e’londan olingan mediana raqam emas, tasodif.
Jadval bozorning o‘zini ko‘rsatadi, shuning uchun unga barcha e’lonlar kiradi. Makler belgisi topilmagan e’lonlar esa alohida — TOP maklersiz uylar sahifasida. Makler e’lonlarining ulushi bosh sahifada raqam bilan ko‘rsatilgan.
Faqat so‘mda, oylik ijara. Dollarda qo‘yilgan e’lonlar o‘sha kungi kurs bo‘yicha so‘mga o‘giriladi, shuning uchun kurs o‘zgarsa jadval ham siljiydi.
Yo‘q. Jadvaldagi raqam — e’londa ko‘rsatilgan oylik ijara. Kommunal, internet va depozit odatda alohida, ularni uy egasi bilan kelishasiz.
Ha, manba sifatida maklersizuylar.uz havolasini ko‘rsatsangiz — maqola, hisobot yoki taqdimotda ishlatishingiz mumkin.
E’lonlar ro‘yxati har 5 daqiqada, narx jadvali esa oxirgi 7 kunlik e’lonlar bo‘yicha har kuni qayta hisoblanadi. Sahifadagi "yangilandi" vaqti — oxirgi hisob vaqti.